Jahonda kema, samolyot va harakatlanuvchi transport vositalarining ko'p qismlari ikki va uch qatlamli konstruksiyalardan tashkil topgan bo'lib, bu konstruksiyalarning tashqi kuchlar ta'siridagi dinamik holatini baholashga yo'naltirilgan ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Bu borada, konstruksiyalar, asosan, uch qatlamli plastinka sifatida modellashtirilgan bo'lib, uch qatlamli plastinka to'ldiruvchisining bikrligini hisobga olish bilan va ularning qovushoqlik xususiyatlarini hisobga olib, dinamik holatini xarakterlovchi parametrlar (tebranishlar chastotasi hamda formasi)ni aniqlash usullarini ishlab chiqish zarur. Shu bilan birga, uch qatlamli plastinkalarda hosil bo'ladigan dinamik zo'riqishlar va deformatsiyalarni kamaytirish usullarini takomillashtirishga alohida e'tibor berilmoqda.
Prijshistorie
* Prijshistorie bevat geen data van Amazon.
Prijzen voor het laatst bijgewerkt op: